O‘zbekiston | 19:36 / 20.12.2021
156026
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

O‘zbekistonliklar yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olishadi.

Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

  • barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentabr - juma;
  • olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:

  • 8 yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
  • 7 may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
  • 14 may - shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
  • 16 iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.

Shu tariqa, o‘zbekistonliklar yangi yilda ketma-ket besh kun dam olishi rasman tasdiqlandi. 

  • 31 dekabr – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1 yanvar – Yangi yil munosabati bilan dam olish kuni;
  • 2 yanvar – yakshanba;
  • 3 yanvar – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 4 yanvar olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 8 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Mavzuga oid