23:54 / 08.05.2018
16436

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tashkil etildi

Narodnoye slovo

​O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi etib qayta tashkil etil​di. Bu haqda 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan farmonda shunday deyiladi. 
Ma'lum qilinishicha, akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

- prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;

- prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;

- qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilg‘or yutuqlarini o‘rgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish;

Farmonga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi. 

2018 yilning 1 iyunidan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Akademiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffitsiyenti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni o‘z tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi​.

Top