Texnologiya | 11:42 / 19.06.2015
1799
1 daqiqa o‘qiladi

Toshiba o‘z noutbuklariga Cortana tugmasini qo‘shadi

Toshiba kompaniyasi Windows 10 dasturiy ta'minotida ishlaydigan yangi modeldagi noutbuklariga ovozli yordamchini chaqiruvchi Cortana tugmasini qo‘shadi. Engadget nashrining yozishicha, bu tugmaga ega mahsulot bugun namoyish etildi.

Tugma funksional klavishalar qatoriga joylashtirildi. Bu Cortana’ni to‘la ekranli rejimda ochilgan dastur va o‘yinlar uchun ham ochish imkoniyatini beradi.

Yangi ovozli yordamchiga ega Windows 10 28 iyul kuni sotuvga chiqadi. Windows 7 va 8/8.1 foydalanuvchilari uchun u bir yil davomida bepul bo‘ladi. Iyul oyida ovozli yordamchining beta-versiyasi Android foydalanuvchilari uchun ham chiqariladi.