Texnologiya | 23:13 / 19.06.2015
1352
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter yangiliklar servisini taqdim etadi

Twitter Lightning yangiliklar servisini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda buzzfeed.com.

Tarmoqning mobil ilovasida alohida tugmacha paydo bo‘ladi va uni bosish orqali “Gremmi”, NBA finali, shuningdek, Nepaldagi zilzila kabi  muhim yangiliklar lentasiga o‘tadi.

Lenta real vaqt mobaynida Twitter tanlagan suratlar hamda videolar bilan to‘ldirib boriladi.

Voqealar lentasini boshqa mobil ilovalar hamda veb-saytlarga ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi.