O‘zbekiston | 00:47 / 20.06.2015
6038
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada mini-traktor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona viloyatida 2014 yilda xitoylik hamkorlar bilan ish boshlagan “SUN FA” qo‘shma korxonasida ikki va uch g‘ildirakli, 1 tonnadan 2,5 tonnagacha yuk ko‘tara oladigan “Hamkor” rusumli mototsikllarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davrda korxona 250 dan ortiq mototsiklni xaridorlarga yetkazib berdi. Qo‘shma korxonada yaratilgan yigirmadan ziyod ish o‘rnida, asosan, yoshlar ishlamoqda. 

– Korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida bir nechta istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan, – deydi “SUN FA” qo‘shma korxonasi direktori Navro‘z Rasulov. – Qishloq xo‘jaligida zarur bo‘ladigan ixcham traktorlar, kichik ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi biznes-loyiha ana shulardan biridir. Mazkur loyiha amaliyotga joriy etilsa, oltmishdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.