Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalladan beriladigan ma'lumotnomalar bepul taqdim qilinishi kerak
“Mahalla” jamoatchilik xayriya jamg‘armasi respublika boshqaruvi huquqshunosi Soqijon Karimovning aytishicha, bugungi kunda respublikamizdagi barcha fuqarolar yig‘inlari uchun ish vaqti soat 9:00 dan 18:00 gacha qilib belgilangan.
“Hech qayerda mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan taqdim qilinadigan ma'lumotnomalar uchun fuqarolar pul berishlari kerakligi belgilanmagan, ma'lumotnomalar bepul berilishi kerak”, deb aytdi Karimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida.
Karimovning ta'kidlashicha, ma'lumotnomalar taqdim qilinayotganda mahalla fuqarolari yig‘ini xodimlari kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik majudligi yoki mavjud emasligi haqida ma'lumotnoma yoki ular uchun haq to‘langanligini ko‘rsatuvchi kvitansiyalarni talab qilishga haqli emaslar.