Jahon | 11:48 / 23.06.2015
2854
1 daqiqa o‘qiladi

Pekindagi paradda yangi harbiy texnika taqdim etiladi

Xitoy bosh shtabi bergan ma'lumotga qaraganda, 3 sentabr kuni Yaponiya militarizmi va Germaniya millatchiligi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan paradda yangi harbiy texnika namoyish etiladi. Parad poytaxtdagi Tyananmen maydonida o‘tkaziladi.

Ma'lum qilinishicha, u yerdagi harbiy texnika Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilgan bo‘ladi.

Parad 1949 yilda XXR tashkil topgandan buyon 14 marta o‘tkaziladi. Lekin shu paytgacha paradlar faqat davlatning tashkil topishi munosabati bilan o‘tkazib kelindi. 1960 yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, paradlar har 10 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Oxirgi parad 2009 yilda o‘tkazilgan edi.