Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uspenskiy nomidagi akademik litseyda yoshlar o‘rtasida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida 2015 yilning 24 iyun kuni poytaxtimizdagi V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik-litseyida 7-14 yoshdagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Mustaqil yurt farzandiman!” mavzuidagi insholar tanlovi hamda 15-18 yoshdagi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Vatanimga tayanch bo‘laman!” mavzuidagi insholar tanlovlari o‘tkazildi.

2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda dasturilamal bo‘lib kelmoqda.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim boshlig‘i G.Matkarimova, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Kamolov, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Parpiboyeva, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurovlar ishtirok etishdi.
Tabdirni Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim boshlig‘i G.Matkarimova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tanlovning Rasmlar yo‘nalishi bo‘yicha
Birinchi o‘rin – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining 24 maktab o‘quvchisi Hazratqulova Marjona, Ikkinchi o‘rin – Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani 85-maktab o‘chuvchisi Mamatkarimov Mustafo, Uchinchi o‘rin – Xorazm viloyati Urganch shahri 24-maktab o‘quvchisi Yakubova Mahliyo
Tanlovning Insholar yo‘nalishi bo‘yicha Xalq ta'limi tizimida
Birinchi o‘rin – Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji talabasi – Obidjonova E'zoza,
Ikkinchi o‘rin – Navoiy viloyati Karmana tumani 10 maktab o‘quvchi – Jabborova Go‘zal,
Uchinchi o‘rin – Samarqand viloyati Jomboy tumani 19 maktab o‘quvchisi – Qurbonova Sarvinoz
Tanlovning Insholar yo‘nalishi bo‘yicha
Birinchi o‘rin – Toshkent viloyati Bo‘ka kasb-hunar kolleji talabasi – Olimjonova Dilfuza,
Ikkinchi o‘rin – Qahqadaryo viloyati Qarshi davlat universiteti qoshidagi 2-sonli litsey talabasi - Egamshukurova Durdona,
Uchinchi o‘rin – Sirdaryo viloyati Guliston shahri 1-son akademik litseyi talabasi – Azimova E'zoza
g‘olib deb aniqlandi.
Shuningdek, qolgan barcha ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.
Tadbir bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.