Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:26 / 25.06.2015
3290
1 daqiqa o‘qiladi
Andrey Arshavin “Zenit”ni tark etadigan bo‘ldi
Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol jamoasi futbolchisi Andrey Arshavin jamoani tark etishga majbur bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress” nashri.
Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2015 yilning 30 iyunigacha amal qiladi, jamoa esa 34 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaydigan bo‘ldi.
Arshavinning jamoadan ketishiga jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning uni jamoa tarkibida ko‘rmayotgani asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda. Arshavin futbol faoliyatini yakunlashi ehtimoli borligi aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish