Sport | 22:54 / 28.11.2020
7177
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ommaviy axborot vositalari xodimlari bellashdilar

«Do‘stlik spartakiadasi» sport musobaqasida 150 nafar qatnashchi badminton, stol tennisi va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

28 noyabr kuni Toshkentda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida «Do‘stlik spartakiadasi» sport musobaqasi o‘tkazildi.  

Unda 150 nafar qatnashchi badminton, stol tennisi va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Umid Rajabovning aytishicha, musobaqadan ko‘zlangan maqsad OAV vakillarini rag‘batlantirish va ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Umid Rajabov
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

«Ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida «Do‘stlik spartakiadasi» musobaqasi o‘tkazilyapti. Ular barcha tadbirlarni, chekka-chekka hududlarda bo‘lishib xalqimiz hayoti bilan bog‘liq jarayonlarni yoritib boradilar. Lekin sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt topolmaydilar. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yil yakunida OAV xodimlarini ham rag‘batlantirish, ham ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida «Do‘stlik spartakiadasi» rejasini ishlab chiqdi va musobaqaga start berildi. Unda 19 jamoa ishtirok etmoqda», dedi Umid Rajabov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Musobaqa g‘oliblari medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Mavzuga oid