Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barça media mahsulotlarni ma’naviy ekspertizadan ötkazişini e’lon qildi. Bu esa keskin tanqidlarga sabab bölmoqda. Ekspertiza milliy mentalitet va qadriyatlar himoyaçisi bölişi aytilgan, lekin faollar qamrov kengayib, senzuraga aylanib ketişidan xavotirda.

Kun.uz mavzu yuzasidan markaz vakili va faollar iştirokida suhbat ötkazdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ma’naviy ekspertiza davlat siyosatiga mos kelmaydigan, hukumatni jiddiy tanqid qiluvçi materiallarni yöq qiliş kampaniyasi sifatida qabul qilinmoqda. Yana bir kutilma esa ekspertiza bahonasida senzuraning kuçayişidir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ikki qaraşni ham keskin rad etadi, taşabbuskorlar fikriça, bu tekşiruv obektida – butun xalqimiz va ayniqsa yoşlar, bolalar manfaatlari turibdi. 

Media makonda tarqatilayotgan materiallarning turi va janri köp, lekin ularning hammasi ham tarbiyaviy ahamiyatga ega emas, milliy qadriyatlarimizga mos kelmaydi. Ma’naviy ekspertiza şu kabi materiallar berilişining oldini oliş, ularning sofligi va milliy axloqimizga mosligini tahlil qilib borişni maqsad qilgan, deydi mualliflar. 

Inson huquqlari faoli, “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov fikriça, qilinişi kerak bölgan işlar va yeçimini kutayotgan muammolar busiz ham talaygina. Mustaqillikdan keyin uzoq yillar olib borilgan “milliy ğoya” kampaniyabozligidan bugun aniq biror natijani körsatiş muşkul. Milliy qadriyatlar, milliy özlikka boğlangan har qanday taşabbuslar avvalo qonunlarga mos kelişi lozim. Ekspertizani joriy qiliş uçun aniq tahlil va hisobotlar kerak böladi, media mahsulotlar aholi ongiga jiddiy ta’sir ötkazib, buning oqibatlari oğir bölayotganini isbotlovçi dalillar bormikanki, media mahsulotlari ekspertizadan ötkazişi kerak, deydi Taşanov. 

“Birinçi nizom tasdiqlangani aytildi, jamoatçilikning keskin qarşiligiga uçragaç, taşabbuskorlarning çekinganiga guvoh böldik. Agar biz huquqiy-demokratik davlat  bölsak, birinçi navbatda qonunlarga murojaat qiliş kerak va bu qançalik qonunlarga töğri keladi? Radikallaşuv böyiça diniy ekspertiza kerakdir, lekin ma’naviy ekspertiza nima? Ertaga kimdir maişiy ekspertiza talabi bilan çiqsa-çi? Söz erkinligiga daxl qiluvçi har qanday qadamlarni qoralaymiz”, - Abdurahmon Taşanov.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faylasufi Şahlo Ahrorova fikriça, bu birdam qilingan iş emas. Globallaşuv mafkuralar uruşini keltirib çiqardi, odamlar ongini qurollar bilan emas, ğoyalar bilan egallaş osonroq, deydi u.