Jahon | 18:19 / 09.02.2024
14647
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda tibbiy niqob taqish rejimi qaytadan joriy qilindi 

Jamoat joylarida majburiy niqob taqish bir yil avval bekor qilingan edi. 

Foto: Ruslan Pryanikov

9 fevral kuni Qozog‘iston bosh sanitar shifokori Ayjan Yesmagambetova tibbiy niqob taqishni tavsiya qiluvchi qarorni imzoladi. Sababi – koronavirus infeksiyasi, qizamiq va turli respirator virusli infeksiyalarning tarqalishi. 

Qarorda viloyatlar, Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbarlariga quyidagilarni ta’minlash topshirilgan:

- tibbiyot tashkilotlarida xodimlar va fuqarolar tomonidan tibbiy niqoblardan foydalanish, antiseptik vositalar mavjudligi;

- COVID-19 koronavirus infeksiyasi, gripp va O‘RVI oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish. 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va davlat hokimiyati organlari aholi gavjum joylarda: aeroportlar, vokzallar, avtovokzallar, bozorlar, savdo-ko‘ngilochar markazlar, savdo uylari, teatrlar, kinoteatrlar, davlat xizmatlari markazlari, banklar va boshqalarda, transportning barcha turlarida (jamoat transporti, havo, temir yo‘l) tibbiy yoki mato niqoblaridan foydalanishni tavsiya etishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda bir yil avval, 2023 yil yanvar oyi oxirida koronavirus bilan bog‘liq ravishda joriy qilingan tibbiy niqob rejimi bekor qilingan edi.

Mavzuga oid