Oq uy matbuot xizmati 18 iyul, payşanbaga ötar keçasi AQŞ prezidenti Jo Bayden koronavirusga çalinganini ma’lum qildi.
Matbuot xizmatining ta’kidlaşiça, 81 yoşli yetakçi COVID-19’ga qarşi emlangan, şu jumladan kuçaytiruvçi ukol olgan va faqat yuqori nafas yöllarida kasallikning yengil alomatlari, ya’ni burun oqişi va quruq yötalni boşdan keçirmoqda. AQŞ prezidentining umumiy ahvoli qoniqarli, dedi uning davolovçi şifokori.
Bayden koronavirus aniqlanganidan söng özini «yaxşi» his qilayotganini aytdi. Uning kasallangani haqidagi xabar Nevadadagi tadbirda bölganida keldi. Oq uyning xabar berişiça, prezident Delaverdagi uyiga qaytib, özini izolyatsiya qiliş niyatida, bu vaqt davomida u davlat rahbari sifatida vazifalarini töliq bajarişda davom etadi.
Bayden soğliği bilan boğliq muammolar tufayli nomzodini qöyiş qarorini qayta körib çiqişga tayyor
Avvalroq, 17 iyul kuni Jo Bayden jurnalist Ed Gordonga bergan intervyusida faqat soğliği bilan boğliq şaroit uni ikkinçi prezidentlik muddatiga nomzodini qöyiş qarorini qayta körib çiqişga majbur qilişini tan olgandi.
«Agar menda kasallik bölsa, agar kimdir mening oldimga kelib, muammo borligini aytsa, bu haqiqatan muammo böladi», dedi Jo Bayden BET News telekanaliga bergan intervyuda.
Öz navbatida, CBS News eslatişiça: «Ötgan hafta prezident matbuot anjumanida u şifokorlarining heç biri jamoatçilikka ma’lum bölgan kasalliklardan boşqa kasalliklar borligini aytmaganligini bildirdi».
Fevral oyida Oq uy şifokori, doktor Kevin ÖKonnor prezidentning jismoniy holatidan söng Jo Bayden «81 yoşli soğlom, faol, baquvvat, prezidentlik vazifalarini muvaffaqiyatli bajarişga qodir erkak», deb yozgan edi.
Baydenni prezidentlik poygasini tark etişga çaqirişmoqda
Ayni paytda, AQŞda bir qator siyosatçilar va jamoat arboblari Baydenni saylovdan öz nomzodini olib taşlaşga çaqirdi. Baydenning prezidentlik uçun kuraşdan voz keçiş tarafdorlari öz nuqtayi nazarini, birinçi navbatda, siyosatçining keksa yoşi bilan izohlamoqda.
17 iyul kuni ABC News telekanali AQŞ Senatidagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer 13 iyul kuni Baydenga uşbu masalada qönğiroq qilgani haqida xabar berdi. Şumer prezidentga saylovoldi kampaniyasini tugatsa, bu «mamlakat va Demokratik partiya uçun yaxşi bölişini aytdi», — deyiladi telekanal xabarida.













