11:41 / 26.06.2024
5360

Parkentda oraliq masofani saqlamagan «KAMAZ» sababli 4 ta avtomobilga zarar yetdi

2000 yilda tug‘ilgan haydovchi “KAMAZ”ni boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti ishtirokida YTH kuzatilgan.

Foto: IIBB YHXB

Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan  4R15 Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) YTH kuzatildi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan R.N “KAMAZ” rusumli yuk mashinasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.  

Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top