Joriy yilning 20 mart kuni respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkentda viloyatida kuçli yomğir vaqtida insonlar hayoti saqlab qolingani töğrisida ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, keça, 20 mart kuni soat 19:30 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga fuqarolar tomonidan xabar kelib tuşgan.
Parkent tumani Qiziltoğ şaharçasi atrofidagi adirliklarga öz avtomobillarida dam oliş maqsadida borgan fuqarolar kuçli yomğir yoğişi natijasida adirliklarda qolib ketgani va pastga tuşa olmayotganini aytib, yordam kerakligini ma’lum qilgan.
Xabarga asosan, aytilgan manzilga qutqaruvçilar 7 ta maxsus texnika bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv işlarini olib borgan.
Amalga oşirilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida qutqaruvçilar tomonidan dam oluvçilarning 13 ta yengil turdagi avtoulovlari hamda 47 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib tuşilgan.
Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida halok bölgan va tan jarohat olgan fuqarolar yöq, deyiladi ma’lumotda.

















