Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-Otada Qozog‘iston Milliy universiteti buxgalterlari qalloblikda ayblandi
Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining bir guruh talabalari politsiyaga murojaat qilib, muassasa buxgalterlarini qalloblikda aybladi. Bu haqda mahalliy 31-kanal xabar bermoqda.
Xalqaro munosabatlar sohasida ta'lim olayotgan qizlar to‘rtinchi kursda o‘qiydi. Diplom himoyasi arafasida ular hujjatlarni tekshirib chiqishdi hamda o‘qish uchun o‘tkazgan pullari ularda qayd qilinmaganini aniqlashdi.
Shu yillar davomida to‘lovlarni qabul qilgan uch nafar buxgalter qalloblikda, bu pullarni o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Diplom olish uchun qizlar bu to‘lovlarni boshqatdan amalga oshirilishi talab qilinadi.
Bunday qalloblikning qurbonlari soni 500 kishiga tengligi aytilmoqda. Ulardan aksariyati to‘lovlarni boshqatdan amalga oshirgan, faqat 200 kishiga politsiyaga murojaat qilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.