15:25 / 18.09.2023
18703

Ozod etilgan Andriyivkadan asar qolmagan - u yerda bayroq o‘rnatishga ham joy yo‘q. Urush suratlari

Ukrainada urushning 571-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga qanotli raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havodagi 16 nishondan 12 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Rossiya bir yildan oshiq vaqtdan buyon bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan Xersonning sobiq meri Igor Kolixayevni harbiy asirlar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar bergan uning o‘g‘li Svyatoslav Qizil Xoch jamiyatiga tayanib.
  • Moskva meri Sergey Sobyanin shaharga 17 sentabrga o‘tar kechasi hujum qilishga uringan ikki dron urib tushirilganini xabar qildi. Oryolda dron neft baza hududiga qulagan.
  • Tula oblastidagi logistika markazida dron qulagan. Mahalliy rasmiylar «infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazilmagani»ni ma’lum qildi.
  • AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Mark Milli BBC uchun bergan intervyusida ukrainlarning janubdagi qarshi hujumi ma’lum yutuqlarga erishgani, ammo uni davom ettirish uchun, qish boshlangunicha 30-45 kun qolganini aytdi. Kiyevdagilar Vashingtonning ob-havo yurish harakatlariga jiddiy ta’sir qilishi bo‘yicha bayonotlariga ishonchsizlik bilan yonlashadi.

Ozod etilgan Andriyivka

Andriyivka qishlog‘i Rossiya bosib olgan Baxmut shahridan 10 kilometr janubda joylashgan. Ukraina QK Andriyivkani qaytarib olish uchun bir necha oydan buyon jang olib borayotgandi — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 15 sentabr kuni ushbu aholi yashash manzilini ozod etishga muvaffaq bo‘lingan. Fotoda — 3-shturm brigadasi bo‘linmasining «Fedya» laqabli komandiri qishloqdagi vayron bo‘lgan uy oldida ketayotgani aks etgan.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
3-shturm brigadasi bo‘linmasi komandiri Andriyivka atrofida o‘ldirilgan rossiyalik askar jasadi yonidan o‘tmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar halok bo‘lgan quroldosh jasadini olib ketmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ivanivske Starostinske okrugi starostasi Yelena Dankoning ma’lumotiga ko‘ra, Andriyivkada 2022 yil 1 yanvar holatida 77 kishi yashagan. Qishloqda pochta bo‘limi ham bo‘lmagan: masalan, aholi pensiya uchun Kleshchiyevkaga borgan. Rossiya okkupatsiyasidan oldin Andriyivkada odam qolmagandi — ular Ukrainaning boshqa regionlariga evakuatsiya bo‘lishgan.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Hozirda Andriyivka to‘liq yakson etilgan: qishloqda birorta butun bino qolmagan. «Afsuski, u shunday holatdaki, qayergadir flagshtok o‘rnatishning imkoni bo‘lishiga ishonchim qomil emas», — degan Ukraina QK 3-alohida shturm brigadasi vakili Oleksandr Borodin.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina nashrlari Andriyivkani qarshi hujumning keyingi rivoji uchun «muhim kvadrat» deb atagan.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi Leopard 2 tanki

47-brigada a’zolari Tokmak yo‘nalishida g‘arbdan olingan Leopard 2 tankini boshqarmoqda
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Buchada urush qurbonlari yodgorligi

Buchada Rossiya bosqini qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik. Monumentda — Kiyev oblastining ushbu shahrida jasadlari topilgan 501 kishining nomlari bitilgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top