Jahon | 07:08 / 07.07.2015
3085
1 daqiqa o‘qiladi

Kabardin-Bolqor respublikasida yashovchi keksa ayol 125 yillik tavallud ayomini nishonladi

Kabardin-Bolqor respublikasining Baksan tumani Zayukovo qishlog‘ida yashovchi, 1890 yilda tug‘ilgan Shaova Nanu Tsukovna 125 yillik tavallud ayomini nishonladi, deb xabar bermoqda tuman ma'muriyati.

Tuman ma'muriyati rahbari shu munosabat bilan keksa ayolga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tabriknomasini topshirdi.

6 iyul kuni dunyodagi eng keksa odam deb rasman qayd etilgan, Nyu-Yorkda yashovchi Syuzanna Mushatt Jons o‘zining 116 yillik tavallud ayomini nishonlagani ma'lum qilingandi.