Texnologiya | 04:10 / 08.07.2015
2041
1 daqiqa o‘qiladi

iPad Pro uchun displeylarni Sharp va Samsung ishlab chiqaradigan bo‘ldi

Apple kompaniyasining hali e'lon qilinmagan iPad Pro plansheti uchun displeylar ishlab chiqarish bilan Sharp va Samsung kompaniyalari shug‘ullanadigan bo‘ldi. Bu haqda TechNews portali ma'lum qilmoqda.

Yaponiyaning Sharp kompaniyasi displeylarni asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘ladi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya Apple uchun displeylarning tajribaviy partiyasini ishlab chiqardi. Samsung esa Apple ning barcha talablarini qondirish uchun qo‘shimcha detallar partiyasini ishlab chiqaruvchi ikkinchi darajali kompaniya bo‘ladi.

Bundan tashqari, iPad Pro uchun displeylar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda LG kompaniyasi ham ishtirok etgan edi, biroq Apple hozircha bu kompaniyaning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi.

Yangi iPad Pro ning displeyi diagonali 12,9 dyuymni tashkil qilishi mumkin.