Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahri markazidagi ko‘chada o‘n yildan beri ta'mir tugamaydi
Murojaat ortidan Andijon shahar, Yuksalish ko‘chasida bo‘ldik. Murojaatchilar uzoq vaqtdan beri ko‘chalari juda yomon holatda ekanligini aytishgan edi.
Darhaqiqat, o‘n yildirki shaharning qoq markazidagi ko‘chada yashovchilar qishda loyga, yozda esa changga botib yashamoqda. Ko‘chaning ta'miri tugamayotgani oqibatida savdo-sotiq uchun qulay bo‘lgan joydagi do‘konlar va oshxonalar ham yurmay qolgan.




Aholi vakillari muammoli holat bo‘yicha shahar hokimligi hech qanday chora ko‘rmayotgani haqida gapirishdi.
“O‘n yildan beri axlatxonaga aylanib qolgan ko‘chamiz qachon o‘nglanar ekan, bilmaymiz. Bolalarga o‘ynagani maydoncha yo‘q. Yozi bilan changda, qishda loyda o‘ynashadi. Hammayoq qurilishdan qolgan chiqindilar. Ko‘chamiz bilan na hokimning, na mahalla oqsoqolining ishi bor”, deydi Nodiraxon Ahmedova.

“Yaxshi niyatlar bilan oshxona qurgandim. Axir shaharning qoq markazida yashaymiz. Atrof to‘la turli ishxonalar. Biroq ko‘chamizning chang-loyligi uchun birov kelmayapti. Iltimos, rahbarlar bizning ko‘chadan bir xabar olib turishsin”, deydi Elyorbek Haydarov.

Yuksalish ko‘chasi bir vaqtlar shaharning eng gavjum sayrgohi bo‘lgan Istiqlol ko‘chasiga tutashgan. Istiqlol ko‘chasidan ayni paytda fayz qochgan. Ko‘cha avtomobillar turargohiga aylangan. Shaharning eng fayzli sayilgohidagi bugungi holatga keyingi safar alohida to‘xtalamiz.



Elmurod Ermatov tayyorladi,
Tasvirchi va montajchi Jahongir Mahmudov.
Mavzuga oid
09:56 / 27.10.2025
Toshkentda qish oldidan asfaltlash ishlari boshlandi
10:07 / 24.08.2025
Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi 31 avgustgacha yopildi
07:41 / 18.08.2025
Toshkentda «Chilonzor» metro bekati yaqinidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
15:04 / 14.07.2025