Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘nalishsiz taksilarda ishlash uchun kamida uch yillik haydovchilik staji zarur bo‘ladi
Foto: Fotolia
SAVOL: Joriy yilda haydovchilik guvohnomasining «V» toifasi bo‘yicha o‘qib, haydovchilik guvohnomasini oldim. Avtomobilim yo‘qligi uchun ijaraga «Damas» avtomobilini olib, kira qilmoqchi edim. Ammo buning uchun haydovchilik staji bo‘lishi kerak ekan. Bu qonunga muvofiqmi, shu haqda ma'lumot bersangiz?
Sanjar ZIYoDOV
JAVOB: «Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandida «Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida «V» ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi», deb belgilangan.
Bundan tashqari, ushbu Nizomning 9-bandiga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilar qo‘yilgan yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi kerak.
Savolga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi yuridik bo‘lim boshlig‘i Sherzod O‘rinov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
18:12 / 01.01.2026
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi
10:53 / 30.12.2025
Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun taksi zonasi kengaytirildi
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
15:27 / 16.12.2025