O‘zbekiston | 08:26 / 27.03.2021
1377
2 daqiqa o‘qiladi

Amudaryoda 5 milliard so‘mlik yirik loyiha ishga tushadi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘arma hisobidan «Amudaryo tomorqa xizmati» MChJ klasteri qurilishi uchun 5 milliard 27 million so‘m ajratilishi belgilangan.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘arma vakili, Qoraqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek mablag‘larning natijali sarflanishi yuzasidan monitoring nazorat ishlari olib borildi.  

Bugungi kunga qadar 2 milliard 500 ming so‘m miqdorida mablag‘lar berilgan bo‘lib, qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.  

Asosan 12 turdagi tomorqa xizmatini ko‘rsatadigan klasterda ko‘chatchilik, tomorqa maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, ozuqaviy yem ishlab chiqarish, meva-poliz mahsulotlarini quritish, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish va boshqa bir qator xizmatlarni o‘z ichiga olgan.  

Hozirgi vaqtda klaster hududida 60 sotix maydonda issiqxona qurilayotgan bo‘lib, bunda asosan tomorqa yer egalari uchun ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.  

Qurilish ishlari 2021 yilning 1 iyul sanasiga qadar yakunlanib, klaster o‘z faoliyatini to‘liq bajarishi belgilangan.

Mavzuga oid