Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
- tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib hamda suv ta’minotini inobatga olgan holda, tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekişga, şuningdek, kiçik işlab çiqariş va mahsulot yetiştirişga ixtisoslaştiriladi;
- kompleks dastur doirasida mahsulot yetiştiriş uçun 100 mln sömgaça garovsiz kreditlar ajratiladi;
- muzlatgiçli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlaş, quritiş va qayta işlaş sexlari aholiga 12 oyga bölib tölaş şarti bilan lizingga beriladi;
- özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxatiga biogumus tayyorlaş faoliyati kiritiladi.
2024 yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekiş va aholining mazkur sohada bilim va könikmalarini oşiriş uçun 54 ta tumanda namunaviy öquv-tajriba maydonlari taşkil etiladi. Meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni şok usulida muzlatişni yölga qöyiş böyiça yangi loyihalar amalga oşiriladi.
Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi resurslari hisobidan quyidagi taşkilotlar uçun ajratiladigan kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (şundan 4 foizi bank marjasi) böladi:
- çorvaçilik, baliqçilik, quyonçilik, asalariçilik va parrandaçilik, biogumus işlab çiqariş va “dala dökonlari”ni quriş uçun – 1 yilgaça imtiyozli davr bilan 3 yil muddatgaça;
- boğdorçilik, uzumçilik va limonçilikni taşkil etiş, issiqxona quriş, qişloq xöjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qiliş hamda ularni joylaştiriş uçun bino va inşootlar quriş, köçma muzlatkiçlarni örnatiş, artezian quduqlarni qaziş uçun – 3 yilgaça imtiyozli davr bilan 7 yilgaça muddatga.













