Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida 10 may kuni ötkazilgan yiğilişda aholi tomorqalaridan unumli foydalaniş böyiça Sayxunobod tajribasining joylardagi ijrosi muhokama qilindi.
Davlat rahbarining matbuot xizmati xabariga köra, bu boradagi işlar natijasida aprel oyining özida 365 ming aholi bandligi ta’minlangan va tadbirkorlikka jalb qilingan. Banklar öz mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming kişining işli bölişiga şaroit yaratgan. Mahallalarda 70 mingta mikroloyiha amalga oşirilgan. 465 ming gektar tomorqaga ekin ekilgan.
“Lekin ayrim hududlarda sustkaşliklar ham bor. Masalan, örganiş ötkazilgan 7 ta tumanda önlab tomorqalarda mahsulot ekilmagan.
Sustkaşlikka yöl qöygani uçun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ullar işdan olingani ma’lum qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilişiça, prezident bandlik va aholi daromadi masalasi birlamçi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, barça darajadagi rahbarlarni ogohlantirgan.
Sayxunobod tajribasi böyiça işlarni tuman va mahalla kesimida sifatli taşkil etiş, aholiga doimiy iş örni va daromad manbai yaratiş böyiça vazifalar körsatib ötilgan.

Eslatib ötamiz, 14 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yiğiliş ötkazgan, bu yiğilişda “tomorqa va uy xöjaliklarini rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uçun tub buriliş yasaşi” ta’kidlangan edi.
Bu tajribaga köra, tumandagi 19 ta mahallada hokim yordamçilari “1 sotix tomorqadan kamida 1–2 million söm daromad” degan mezon asosida aholi uçun biznes reja işlab çiqişi belgilangan. Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi, hokim yordamçilari bu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydaş va ekin ekiş xizmatlarini körsatadi.













