Fan-texnika | 16:09 / 17.11.2020
9312
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla narxi bir soat ichida 40 mlrd dollarga qimmatlashdi

Foto: EPA

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi bir oydan so‘ng AQShning 500ta eng yirik kompaniyasi kiritilgan S&P 500 ro‘yxatidan o‘rin oladi. Bu haqda Electrek portali xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, Tesla 21 dekabr kungi savdolar oldidan ushbu indeksga kiritiladi.

 Tesla qaysi kompaniyaning o‘rnini egallashi hozircha aniq emas.

 Ushbu xabar chop etilganidan so‘ng dastlabki bir soat ichida Tesla aksiyalari narxi 12 foizga yoki 40 mlrd dollarga oshdi.

 Sentyabr oxirlarida Tesla aksiyalari narxi 12 foizga pasaygandi. Bunga Ilon Maskning elekromobil ishlab chiqarishni qisqartirish va avtopilotli elektrokar ishlab chiqarishni rejalashtirgani to‘g‘risidagi so‘zlari sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid