Sport | 15:55 / 19.07.2015
2132
2 daqiqa o‘qiladi

Robin van Persi: Van Gal menga imkon bermadi

Gollandiyalik hujumchi Robin van Persi “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal unga imkon bermaganini aytdi.
“Men van Galni terma jamoa murabbiyi sifatida bilar edim, endi klub murabbiyi sifatida bildim. Farqini ham ko‘rdim, – dedi forvard. – May oyida u bilan suhbatlashib, “Manchester Yunayted”dagi kelajagim noaniqligini tushundim. Ammo ta'tildan so‘ng hammasini boshqatdan boshlashni o‘ylagan edim. Ilgari van Gal menga o‘z munosabatini bildirgan edi. Gollandiya terma jamoasiga bosh bo‘lganda, u meni uchinchi hujumchi qilib belgilagan edi. Ammo men taslim bo‘lmadim va birinchi raqamli forvardga aylandim. Ta'tildan qaytgach esa, “Manchester Yunayted”da endi halol raqobat bo‘lmasligini tushundim. Menga asosiy tarkib uchun kurashish imkonini berishmadi. Men tajribali futbolchiman”.
“Men ortiqcha tuyg‘ularga berilmadim, – so‘zida davom etdi van Persi. – Har qanday vaziyatda ham eng to‘g‘ri qarorni qabul qilish kerak, va men “Fenerbaxche”ga o‘tib, shu ishni qildim”.