Jahon | 06:34 / 21.07.2015
1708
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14 avgustda Kubaga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14 avgustda Kubaga AQShning Gavanadagi elchixonasi binosi uzra AQSh bayrog‘ining ko‘tarilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyuradi.

20 iyul kuni AQSh va Kuba deyarli yarim asrlik qarama-qarshilikdan keyin diplomatik munosabatlarni rasman tiklashdi. 20 iyul kuni AQSh manfaatlari seksiyasi rasman AQShning Gavanadagi elchixonasi etib belgilandi, unga Jyeffri Delorentis vaqtinchalik ishonchli vakil etib tayinlandi.

Shuningdek, 20 iyulda Vashingtonda Kuba elchixonasi ham ishga tushdi. Mahalliy vaqt bilan 10:30 da Kubaning AQShdagi elchixonasi binosi uzra Kuba madhiyasi sadolari ostida mamlakat bayrog‘i ko‘tarildi.