O‘zbekistonda OITSga chalingan ayollardan sog‘lom bolalarning tug‘ilishi 98-99 foizga yetdi
O‘zbekistonda OITSga chalingan homilador ayollardan sog‘lom bolalarning tug‘ilishi 98-99 foizga yetdi. Bu haqda OITSga qarshi kurash respublika markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi G‘ulom Rajabov ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu OIV virusining onadan bolaga o‘tishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasi bo‘ldi.
“Har yili 600 ming homilador ayol tekshiruvdan o‘tadi. Kasallik aniqlangan taqdirda ular aksliretrovirus preparatlari bilan davolanadi. Aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish uchun har yili 25 ming ma'ruza va suhbatlar, 800 uchrashuvlar, 200 tele va radiochiqishlar amalga oshiriladi. Fuqarolarning OIV-infeksiya borasidagi xabardorlik darajasi 65.5 foizdan 85 foizga oshdi”, – dedi mutaxassis.