O‘zbekiston | 13:26 / 21.07.2015
4303
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda burg‘ulash stanoklari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda burg‘ulash stanoklari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratiladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Ushbu loyiha 2015-2019 yillarda tayyor maxsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish dasturida ko‘zda tutilgan.
Aytilishicha, yil boshida maxsus qo‘mita xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, tegishli ta'sis hujjatlarini ishlab chiqqan. Mart oyining oxirida tomonlar qo‘shma korxona ustav fondiga kiritiladigan birlamchi kiritmalar borasida kelishuvga erishdi, aprel oyida esa korxona ro‘yxatdan o‘tdi.
Ochilishi ikkinchi yarim yillikda amalga oshadigan qo‘shma korxonaning nomi Hanjin DNB Equipments MChJdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish