Jahon | 15:12 / 21.07.2015
26276
8 daqiqa o‘qiladi

Muslima qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Dunyo go‘zali” tanlovi

Muslimalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan go‘zallik tanlovi, boshqa birorta shu yo‘nalishdagi tanlovlarga o‘xshamaydi. Bu yerda ichki kiyimlar o‘rniga xijoblarni, raqslar o‘rniga dindorlikni hamda yulduzlardan iborat hakamlar hay'yati o‘rniga esa yetim bolalarni uchratish mumkin.
Ishtirokchilar finalga qadar ikki hafta mobaynida har kuni saharlab turib olishadi: bezanishadi, chiroyli kiyimlarini kiyishadi va albatta, besh vaqt ibodatlarini ham unutishmaydi.
Aslida bu tanlov muslimalarning uslub va nafisliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi, ammo unga ularning o‘ziga xos fazilatlari va hamdardliklarini aniqlash shartlari ham qo‘shilgan.
Tanlovda ishtirok etayotgan muslimalar orasida doktorlar, muhandislar, o‘qituvchilar bor; ular Qur'ondan parcha o‘qishadi, u haqda tadabbur qilishadi, halol va harom masalalar borasida fikr almashishadi.
“Dunyo muslimalari go‘zali” (Miss World Muslimah) — har yili musulmonlar zich yashaydigan mamlakat — Indoneziyada butunjahon muslimalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan tanlovdir.
Ammo bu tanlov shu yo‘nalishdagi boshqa tanlovlardan tubdan farq qiladi. Bu yerda tashqi go‘zallikka ahamiyat qaratilmaydi, muslimalarning Islom, jamiyat va insoniyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari inobatga olinadi.
Tadbir tashkilotchisi Butunjahon muslimalari fondi hisoblanib, u yer yuzidagi muslimalarga ko‘mak berib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda nochor hayot kechiruvchi muslimalarni moddiy tomondan ta'minlaydi.


1. Final qatnashchilari tanlov finali oldidan ovqatlanishmoqda. (© Monique Jaques)
“Miss muslima” — nisbatan olib qaralganda yangi tanlov. Bu yo‘nalishdagi birinchi tanlov 2011 yilda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan edi. Biroq unda faqat indoneziyalik muslimalar qatnashgan edi xolos. Ammo jahon OAVlari ko‘tarib chiqqan tashabbus tufayli u butundunyo muslimalari o‘rtasida o‘tkaziladigan bo‘ldi.


2. Tunislik Fatma Ben Guefrake “Miss Muslima — 2014” tanlovi g‘olibasi etib e'lon qilindi. (© Monique Jaques)
Tanlov zamonaviy dunyoda ayol husn-tarovatini anglash uchun tashkillashtirilgan. Bu tanlovda ishtirok etuvchilardan, “Dunyo go‘zali” tanlovi ishtirokchilaridan talab qilinadigan jihatlar talab qilinmaydi. Qatnashuvchining bo‘yi va og‘irligi hisobga olinmaydi, ichki kiyimlarda podiumga chiqish o‘rniga Islom va Qur'on ilmidan boxabarligi inobatga olinadi, qo‘shiq va raqs o‘rniga Islomning qadr-qimmati va zamonaviy muslimalar ko‘rinishini namoyish etishadi.


3. Toj va lenta o‘z sohibasini kutyapti. (© Monique Jaques)
“Biz farzandlarimizga ular oldida tanlov mavjudligini ko‘rsatib berishimiz zarur. Sohibjamol bo‘lish uchun sochlarni yoyish, yelkalarni va qo‘llarni ochish shart emas”, — deydi tanlov tashkilotchisi Eka Shanti.

4. Tanlov finalchisining Borobudurga tashrifi. Borobudur — Indoneziyadagi IX asrga taalluqli buddachilar ehromi. (© Monique Jaques)
“Jahon muslimasi” tanlovi asosiy mezoni liboslar va tashqi ko‘rinishga asoslangan boshqa go‘zallik tanlovlariga nisbatan o‘ziga xos javob hamdir. Ushbu tanlov tashkilotchilari go‘zallik muslimalarga begona emasligini, ichki ma'naviyat hamda e'tiqod uyg‘unlashuvi bu chiroyni yanada tarovatli etishini ko‘rsatishga harakat qilishmoqda.


5. Tanlov finalchisi Elis Sholiya tadbir tanaffusida raqibasi qo‘shig‘ini tinglayapti. (© Monique Jaques)
Tanlov bir necha bosqichlarda bo‘lib o‘tadi. Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan muslima onlayn ariza to‘ldiradi, xijob haqida esse yozadi, o‘z muvaffaqiyatlari, jamoat ishlaridagi qatnashuvi haqda gapirib beradi. Onlayn ovoz berish yo‘li bilan saralash bosqichida ishtirok etadi.
Qatnashuvchi, bundan tashqari, bu bosqichda o‘zi va oila a'zolari haqida video taqdimot o‘tkazadi. Qur'on o‘qish ko‘nikmalari, iqtidori, notiqlik mahorati va ijodkorligini namoyish etadi.
Final bosqichida qizlardan o‘zini tanishtirishlari so‘raladi. Ularning iymoniga, Islom haqida ularning tushunchalariga, tashqi ko‘rinishlari va raqibalariga nisbatan munosabatlariga ham ahamiyat beriladi.


6. Uy sharoitida yoshi katta qariqizlarga hamdardlik bildirishlari tekshirib ko‘riladi. (© Monique Jaques)
Qizlar tanlov boshlangunga qadar e'tiqod darslaridan saboq olishadi. Ibodat qilish uchun tong saharlab turishadi, so‘ngra Qur'on o‘qish mahoratlarini namoyish etishadi. Hakamlar hay'yati Islom olamida ko‘zga ko‘ringan olimlardan tashkil topgan.


7. (© Monique Jaques)
Qizlarga ichki dunyosi go‘zalliklarini namoyish etadigan tanlovlarda ham ishtirok etish taklifi beriladi. O‘tgan yilda ana shu bosqich doirasida qo‘yilgan shartlardan biri, voyaga yetmagan bolalarni ziyorat qilish, etib belgilangan edi.
Bundan tashqari ayollar tibbiy ko‘rik hamda ruhiy testlardan ham o‘tishdi. Muslimalar yana shahar xarobalarida yashaydigan uysizlar bilan ham muloqotda bo‘lishdi. Yana bir qiziq shartlardan biri shu bo‘ldiki, muslimalar 1000 dollarga xarobalarda yashovchi uysiz ayollar uchun uch xil kerakli sovg‘a olishlari lozim edi.


8. Tanlov finalchilari ibodat oldidan masjidda. (© Monique Jaques)
Turli bosqichlarda qatnashgan 20 nafar muslimadan nominatsiyalarga qarab sakkiz nafari g‘olib, deb topiladi: tanlovning bosh g‘olibasi, ikkinchi o‘rin, uchinchi o‘rin, Qur'onni eng yaxshi o‘quvchi, eng iqtidorli muslima, eng ilhombaxsh, eng faol va tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo‘lgan.
Tanlovning bosh mukofoti — Makka safari.


9. Fatma Ben Guefrake ibodatdan keyin masjidda hordiq chiqarmoqda. (© Monique Jaques)


10. Raqibalar — bu shunchaki so‘z, bu yerda barcha do‘st. (© Monique Jaques)


11. Qur'on o‘qishning so‘nggi mashg‘uloti. (© Monique Jaques)


12. Malayziyalik Nur Xairunnisa marosim boshlanishidan oldin liftda chiqib ketyapti. (© Monique Jaques)


13. Repetitsiyadan oldin qizlarga poyabzal tarqatishyapti. (© Monique Jaques)


14. Ko‘ylaklar tanlash. (© Monique Jaques)


15. Final repetitsiyasi. 2014 yilda tanlov finali Indoneziyadagi shahar Jokyakartada bo‘lib o‘tgandi. Suratda tanlov ishtirokchisi Nazrin Ali. (© Monique Jaques)


16. Barcha poyabzallar tayyor va imzolangan. (© Monique Jaques)


17. Finalchi final oldidan ibodat qilishayapti. (© Monique Jaques)


18. O‘z navbatini hayajonli tashvish bilan kutish. (© Monique Jaques)


19. “Tunis go‘zali” Fatma Ben Guefrake va Primadita Raxma. (© Monique Jaques)


20. Ikkinchi raunddan o‘tgan “Nigeriya go‘zali” Bilgis Adebayo stilist uning xijobini to‘g‘irlayotgan paytda suv ichmoqda. (© Monique Jaques)


21. Tanlov yakunlandi. “Tunis go‘zali” Fatma Ben Guefrake g‘olib bo‘ldi. (© Monique Jaques)
Tanlovdan maqsad — yosh muslimalar orasida yaxshi taassurot qoldirish. Ko‘pchilik tanlovda qatnashish istagida o‘z ishlaridan ham voz kechishayapti. “Miss muslima”ni hakamlar hay'yati yuzlab mulimalar orasidan tanlab olishadi.
2014 yilda ular “Tunis go‘zali”ni g‘olib, deb topishdi. G‘oliba Makka ziyoratiga borish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari unga tilla soat, Janubiy Korea sayohatiga yo‘llanma hamda 10 000 AQSh dollariga teng dinor berishdi.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish