10:41 / 13.08.2019
22193

O‘zbekistonda fermerlarga yer ajratish qanday amalga oshiriladi? 

Foto: Vitaliy Timkiv

O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari uchun yer ajratib berish tuman hokimining qarori bo‘yicha o‘tkaziladigan ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi. 

Adliya vazirligining eslatishicha, birinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyati quyidagicha baholanadi:

mutaxassisligi va ma'lumoti bo‘yicha – 5-10 ball;
qishloq xo‘jaligidagi ish staji bo‘yicha – 6-10 ball;
hisobvaraqdagi pul mablag‘i yoki mol-mulki bo‘yicha – 4-10 ball;
texnika vositalari turi va texnik imkoniyatlari bo‘yicha – 1-10 ball;
talabgor fermer xo‘jaligi boshlig‘i yoki oilaviy pudratchi bo‘lsa – 4-10 ball;
talabgor qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimi bo‘lsa – 4-10 ball;
talabgor O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xatga ega bo‘lsa – 10 ball.

Tanlovning ikkinchi bosqichida talabgorning arizasi, biznes-rejasi va boshqa tavsiyanoma xatlari 5 balldan 10 ballgacha, shuningdek fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish va boshqarish bo‘yicha berilgan savol-javoblar asosida uning qobiliyati, bilimi, ishbilarmonligi va saviyasi 10 ballgacha baholanadi.

Top