Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Oltinköl tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, fuqaro O.Ş. “Ittifoq” MFY hududidagi 80 sotix noturar yer maydonini fuqaro A.B.ga firibgarlik yöli bilan 160 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib,  göyoki kadastr bölimida işlovçi tanişlari yordamida uşbu yer maydonini turar joy sifatida foydalanişi uçun yana 10 000 AQŞ dollari berişi kerakligini aytib, kelişilgan pullar hisobidan 50 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departament, DXX va IIB Samarqand viloyati boşqarmalari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, fuqaro Ş.E. Payariq tumani Maniobod mahallasida joylaşgan ijara huquqi asosida dehqon xöjaligini yuritişi uçun ajratilgan 2,1 gektar yer maydonini fuqaro A.A.ga 36 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 20 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.