Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida tomçilatib suğoriş uskunalarini özlaştirgan fermer xöjaliklari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Boş prokuratura huzuridagi departamentning Mirişkor tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, tumandagi 6 ta fermer xöjaligi mas’ul şaxslari va boşqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xorijdan olib kelingan tomçilatib suğoriş uskunalarini yer maydonlariga örnatmasdan boşqa şaxslarga sotib yuborib, jami 2,9 mlrd söm kredit mablağini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













