10-sinf o‘quvchisi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartadan pullarni yechib oldi
Joriy yilning 25 aprel kuni olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida noma'lum shaxs tomonidan internet tarmog‘ida o‘zganing mulkini aldash, ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida “Telegram” messenjeri orqali kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanib keluvchi turli guruh administratorlari bilan yozishmalar sodir etib, plastik kartalaridan pullarini yechib olayotganlik holati aniqlandi.
IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, “buyumlarni sotib olaman” deb odamlarning ishonchiga kirgan ushbu noma'lum shaxs “Telegram” messenjerida kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhda “Qarshiga dostavka bormi, agarda bor bo‘lsa klik orqali pul o‘tkazib beraman, “click” tizimiga ulangan telefon raqamingizni ayting, telefoningizga kod borishi kerak, ushbu kodni aytsangiz pulingiz tushadi”, degan ma'nodagi yozishmalarni amalga oshirish orqali 19 mart kuni soat 20:42larda 2 419 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini ruxsatsiz yechib oladi.
Olingan tezkor ma'lumotlar natijasida, 2021 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyatida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, 10-sinf maktab o‘quvchisi, 17 yoshli X.D. sodir etgani aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan bir dona “Xiaomi Redmi Note 8 Pro” markali telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro X.D.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
18:42 / 11.03.2023