Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
“Hojatbaror” kimsa o‘z xizmati uchun tadbirkordan 5 500 dollar olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jizzax viloyatida tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “J.G.” MChJ xodimi F.X. tadbirkor D.M.ning ishonchiga kirib, unga tegishli G‘allaorol tumanida joylashgan umumiy ovqatlanishga mo‘ljallangan qurilish obektini go‘yoki Qurilish-nazorat inspeksiyasida ishlovchi tanishlari orqali foydalanishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 5 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
08:53 / 18.03.2026