Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi
U yaqinda Moskvadan Voronejga qaytib kelgan, uyda 10 kun davomida kasal holatda yotgan
Rossiyaning Voronej shahridagi 8-sonli kasalxonada o‘zbekistonlik 39 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Voronej oblastining koronavirus bo‘yicha tezkor shtabi rasmiy kanalida xabar qilingan.
Qayd etilishicha, bundan oldin o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi mavjudligi tasdiqlangan edi.
«Bu Rossiyada yashash huquqi beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi. U yaqinda Moskvadan Voronejga qaytib kelgandi. Uyda 10 kun davomida kasal holatda yotgan, 8 aprelga qadar shifokorga murojaat qilmagan. 2 kun davomida o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatida bo‘ldi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1380 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 martda aniqlangan edi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin o‘sa boshladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 167ta yangi holat. 15 aprel kuni bemorlar soni 137 nafarga oshdi.
16 aprel kuni esa o‘sish tempi pasaydi - 47 kishi.
Shu vaqtgacha 129 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
13:09 / 27.12.2024
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
14:23 / 28.08.2024
Voronej viloyatida ikkita aholi punkti evakuatsiya qilindi
09:22 / 15.07.2024