O‘zbekiston | 17:00 / 17.01.2024
3311
5 daqiqa o‘qiladi

Street 77 Coca-Cola fondi (The Coca-Cola Foundation) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Wasteless loyihasiga a’zo bo‘ldi

13 yanvar kuni Beruniy metro stansiyasida joylashgan Street 77 & WOK filialida mazkur tarmoqning «Go Wasteless» innovatsion platformasiga ulangani munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Street 77 & WOK O‘zbekistonda birinchi bo‘lib aylanma iqtisodiyot tamoyilini joriy etgan va shu orqali mamlakatning ekologik muammolari yechimiga hissa qo‘shgan restoranga aylandi.

«Go Wasteless» loyihasiga O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda "Ekomaktab ekologik resurs markazi" jamoat ekologik tashkiloti bilan hamkorlikda "Coca-Cola Fondi" (The Coca-Cola Foundation) moliyaviy ko‘magi bilan asos solingan.

2024 yil oxirigacha GO Wasteless ishchi guruhi Toshkentdagi 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish sektori nuqtalarini (HoReCa) dasturga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda 200 dan ortiq umumiy ovqatlanish nuqtalari mazkur loyihaga qiziqish bildirib, unda qatnashish istagini bildirgan. Bu esa biznesning atrof-muhit tozaligi va aylanma iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishni istashini ko‘rsatadi.

GO Wasteless loyihasi umumiy ovqatlanish sektori (HoReCa sektori)ning qayta ishlanadigan chiqindisini ongli ravishda yig‘ish va Wasteless mobil ilovasi yordamida chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini yaratishga qaratilgan.

Restoranlar, keyinchalik esa boshqa chiqindi chiqaruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlovchilarga o‘zining sifatli chiqindisini sotishi mumkin. Wasteless mobil ilovasi saqlash va tashish xarajatlarini ancha kamaytiradi. Kundalik chiqindilarning operativ yig‘ilishi va qayta ishlanishi atrof-muhit ifloslanishini sezilarli kamaytirib, shahar tozaligiga hissa qo‘shadi.

Loyiha hamkorlari, jumladan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda "Ekomaktab ekologik resurs markazi" jamoat ekologik tashkiloti Street 77 & WOK tez ovqatlanish tarmog‘iga "Wasteless yulduzi"ni topshirish marosimida qatnashdi. Bu mazkur tarmoq mijozlari uchun ekologiyaga do‘stona munosabat signalini beradi. Yuqoridagi qadam shuningdek aholi orasida ham chiqindini saralashni targ‘ib etadi.

Platformaga ulangan barcha umumiy ovqatlanish nuqtalari kelajakda "Wasteless yulduzi" bilan belgilanadi. Shunday qilib tashrif buyuruvchilar o‘zlari tanlagan restoran nafaqat sevimli taomlari, balki atrof-muhitgan ongli yondashishi bilan ajralib turishini bilishadi.

"Biznesni yuritishga barqaror yondashuv va jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish - Coca-Cola kompaniyasining asosiy vazifalaridan biridir. 2025 yilga kelib butun dunyoda qadoqlarimiz 100% qayta ishlanadigan bo‘ladi, bu maqsad O‘zbekistonda allaqachon amalga oshgan. 2030 yilgacha biz idishlarni 50% qayta ishlangan materialdan ishlab chiqarmoqchimiz va umumiy muhsulotlarimiz miqdoriga teng qadoqlarni yig‘ib, qayta ishlashga ko‘maklashmoqchimiz. Bu maqsadga olib boruvchi qadamlardar biri - GO Wasteless loyihasidir. Ekologik muammolarni faqatgina kompaniyalar, davlatlar va jamiyatlarning birgalikda harakati bilan yechish mumkin", - deydi Coca-Cola kompaniyasining Markaziy Osiyoda jamoatchilik bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori Nazi Aripjanova.

"Yilni ekologiya uchun qayg‘urishdan boshla!" shiori ostida o‘tgan tadbirda plastik chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha aksiyaga start berildi. 13 yanvar kuni topshirilgan plastik chiqindi Street 77 & WOK tekin pitssasiga almashtirib berildi. Shuningdek, mehmonlar uchun Coca-Cola va GO Wasteless loyihasidan hamkorlar sovg‘alari bilan viktorinalar, mahorat darslari va tanlovlar o‘tkazildi.

"Coca-Cola Fondi" O‘zbekistonda 12 yildan ortiq muddat davomida BMTTD, YeXHT va mahalliy NNTlar bilan barqaror rivojlanish dasturlari doirasida yaqindan hamkorlik qilib keladi. O‘tgan vaqt mobaynida "Coca-Cola Fondi" moliyaviy ko‘magida 1 million AQSh dollariga teng loyihalar amalga oshirilgan. Grantlar O‘zbekistonning chekka hududlaridagi suv tanqisligi muammosini yechish, ayollarning moliyaviy holatini yaxshilash, COVID-19 ga qarshi insonparvarlik yordamiga yo‘naltirilgan.

Reklama

Mavzuga oid