O‘zbekiston | 16:00 / 08.10.2024
3721
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati yakunlandi

O‘zbekistonda yakunlangan futzal bo‘yicha o‘ninchi FIFA Jahon chempionati o‘zidan keyin sportchilar va sport muxlislari uchun unutilmas taassurotlarni qoldirdi. Toshkent, Buxoro va Andijonda 14 sentabrdan 6 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan turnirlar shiddatli kurashlar, munosib g‘alabalar va achchiq mag‘lubiyatlarning guvohiga aylangan 15 000 dan ortiq muxlislarning e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Coca-Cola

Bu yilgi musobaqalarda 24 mamlakat jamoalari qatnashib, ularning har biri jahon chempionlik maqomi uchun kurash olib bordi. Maroqli matchlar natijasida yuksak o‘yin va jamoa ruhiyatini namoyon etgan Braziliya chempion maqomini qo‘lga kiritdi. Stadionlarda unutilmas muhit hukm surardi – tomoshabinlar ajoyib birdamlik va sog‘lom raqobat kayfiyatini yaratish orqali o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlab, ularni g‘alabaga erishishga ilhomlantirdilar.

Coca-Cola kompaniyasi yana bir bor futzal bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionatining homiysi sifatida ishtirok etganidan faxrlanadi hamda ushbu chempionat aynan O‘zbekistonda o‘tkazilganini qadrlaydi. Coca-Cola 1978 yildan buyon FIFA uyushmasining azaliy homiylaridan biri hisoblanadi va bugungi kunda ham futbolni ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shish va iste’molchilarini g‘alabalarga ilhomlantirish orqali FIFA tashabbusi ostida o‘tkaziladigan xalqaro futbol tadbirlarini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etib keladi.

Kompaniya tomonidan tashkil etilgan o‘ziga xos muxlislar hududida tashrif buyuruvchilar stol futbolida o‘zaro bellashib ko‘rishlari, o‘zlarini futbolchi rolida sinab ko‘rib, darvozaga gol urishlari, make-up hududida mavzuga doir grimga ega bo‘lishi, insta-hududda esdalik suratlariga tushishlari hamda shunchaki Coca-Cola bilan birga musiqa ohanglari ostida dam olishlari mumkin bo‘ldi.

Butun chempionat davomida ichimliklardan qolgan barcha butilkalar alohida konteynerlarga to‘planib, qayta ishlashga jo‘natildi.

O‘zbekistondagi futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Muxlislar ajoyib matchlarning tomoshabiniga aylanishdan tashqari, turli mamlakatlar sportchilarining mahoratidan bahramand bo‘lish kabi noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Mazkur turnir sportning qay tariqa odamlarni birlashtirishga hamda muxlislarni yangi g‘alaba va yutuqlarga intiltirish orqali quvonch bag‘ishlashga qodirligini namoyon etdi.

Mavzuga oid