Malida jangarilarning ikkita hujumi oqibatida tuareg qabilasidan kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Menaka gubernatoriga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 26-27 aprel kunlari Menaka viloyatidagi cho‘lda joylashgan chekka qishloqlarga hujum qilingan.