Malida harbiy samolyotning qulaşi natijasida Mali askarlari va «Vagner» XHK jangçilari halok böldi. Rossiyada işlab çiqarilgan Il-76 samolyoti 23 sentabr kuni Gao aeroportiga qönayotganda uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketib, halokatga uçradi, deb xabar berdi BMTning Malidagi missiyasi. Aeroport vakilining sözlariga köra, samolyotda haddan taşqari köp yuk bölgan.
Halokatga uçragan Il-76 Mali armiyasi va «Vagner» XHK yollanma askarlari tomonidan işlatilgan. Samolyot halokati sabablari örganilmoqda. Diplomatik manbalarga köra, samolyot bortida Mali askarlari va «Vagner» askarlari bölgan, qurbonlar soni va moddiy zarar köp ekani aytiladi.
Gao aeroportidan Mali askarlari va «Vagner» XHK yollanma askarlari, şuningdek, BMTning Malidagi barqarorlaştiriş missiyasi (MINUSMA) harbiy xizmatçilari foydalanadi. Rasmiy manbalarda samolyot halokati haqida ma’lumot yöq.
BMTning Malidagi missiyasi
Malida köp yillardan beri ekstremistlarning isyoni davom etmoqda. U 2012 yilda Mali şimolida boşlangan, keyinçalik Niger va Burkina-Fasoga tarqalgan. MINUSMA harbiylari 2013 yildan beri Malini tinçlantiriş va tinç aholini himoya qilişda yordam berib kelmoqda.
2021 yilda Malida davlat töntarişi natijasida hokimiyat tepasiga harbiy xunta keldi. U zudlik bilan BMT tinçlikparvar kuçlarini mamlakatdan olib çiqib ketişni talab qildi. Xunta Rossiya va «Vagner» XHK jangçilari bilan faol hamkorlikda işlaydi. Fransiya va Germaniya vagnerçilar BMT missiyasi işiga xalaqit berayotganidan şikoyat qilib keladi.
Germaniya hukumati ötgan yili nemis askarlarini Malidan olib çiqişga qaror qildi, bu 2023 yil oxirigaça yakunlanişi kerak. Hozirda Malida Bundesverning yuzlab askari joylaşgan.













