Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida shu yil 27 oktabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi O.R. “Matiz” rusumli avtomashinasini “Navoiy-Zarafshon” yo‘lining 40-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay avtomashina bilan yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi O.R. va 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.