Avvalroq, Kun.uz’da 2024 yil 15 aprel kuni Ğallaorol tumanida qoidalarni buzib, katta tezlikda harakatlangan Lasetti maktabga ketayotgan 2 nafar öquvçini urib yuborgani va ular halok bölgani haqida xabar berilgandi.
Bolalar öqiydigan öqituvçilardan birining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, öşa kuni 26 yoşli haydovçi ikki emas, 3 nafar bolani urib yuborgan.
Oqibatda, 7-sinfda öqiydigan 14 yoşli ikki öquvçi va 5-sinfda öqiydigan 12 yoşli bola halok bölgan. Şuningdek, hodisa guvohlarining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, öşa kuni Lasettida talaba qiz ham bölgan va hodisada u ham vafot etgan.
Biroq Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati tarqatgan videolavhada uçinçi bola va talaba qiz haqida umuman ma’lumot berilmadi.
Şuningdek, videolavhada haydovçi aholi punktida maşinasini soatiga 100 km tezlikda boşqarganini aytgandi. Guvohlar esa u soatiga 160 km tezlikda harakatlanganini aytişmoqda.
Ma’lum qilinişiça, haydovçi 2023 yil dekabr oyidan buyon 11 marta tezlik qoidalarini buzib harakatlangan. Uning oxirgi qoidabuzarligi ayançli tugadi.
Hodisa haqida OAVda xabar tarqalar ekan, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari 2020 yildan buyon joriy etilişi keçiktirib kelinayotgan “Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tizimi”ni esga olişdi.
Köpçilikning fikriga köra, agar qoidabuzarliklarni jarima ballari orqali baholaş tizimi tezroq joriy qilinganda Ğallaorolda YTH sodir etgan yigitning ham haydovçilik guvohnomasi avvalgi qoidabuzarliklari uçun olib qöyilgan bölardi va u öquvçilarni bosib ketmasdi.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Haydovçi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

















