Boysundagi mudhiş YTHga Damas maşinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab bölgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 21 aprel kuni 17:30lar atrofida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod mahallasi hududidan ötuvçi mahalliy ahamiyatga ega “Boysun-Duoba” 4N-1613 avtomobil yölning 7 kilometrida sodir bölgan. 1974 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi Damas maşinasi tuman markazi tomon bir neça km tik nişablikda harakatlanib borişi oqibatida uning tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Yölning xavfli buriliş qismiga yetib kelganida haydovçi boşqaruvni yöqotgan hamda maşina yöldan çiqib ketib, şu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan.
Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Harakat iştirokçilariga toğli hududlarga sayohatga borişda belgilangan talablarga rioya qiliş, transport vositasining texnik holatidan xabardor bölib, yetarliça malakaga ega bölgan haydovçilar xizmatidan foydalanişlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Kun.uz öz manbalariga tayanib, Boysunda içida 9 kişi bölgan Damas maşinasi jarlikka tuşib ketgani va 6 kişi halok bölgani haqida xabar bergandi. YTH oqibatida 6 kişi – 3 ayol va ularning bittadan farzandi voqea joyida vafot etgan. Halok bölgan bolalarning bittasi 14 yoşli yigit, ikkitasi esa 8 va 9 yoşli qizlar.











