11:43 / 12.03.2019
4965

Davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar qanday talablarga javob berishi kerak?

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-sonli farmoniga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Ixtisoslashgan tashkilotlar quyidagi davlat xaridlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:

rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan;

O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan.

Davlat buyurtmachisi tomonidan ixtisoslashgan tashkilotlarni tanlash, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan maxsus axborot portali operatori tomonidan yuritiladigan va maxsus axborot portalida kamida bir oyda bir marotaba e'lon qilinadigan (yangilanadigan) ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatida mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs bo‘lishi;

ixtisoslashgan tashkilotning ta'sischisi davlat xaridi sub'yekti bo‘lmasligi;

soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi va (yoki) ma'lumotlarni to‘liq ochishni va bank nazoratiga ma'lumotlarni (offshor hudud) taqdim etishni ko‘zda tutmagan, shuningdek yakuniy davlatlarda va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmagan ixtisoslashgan tashkilot ta'sischilari safida bo‘lmasligi;

shtatida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan bir nafardan kam bo‘lmagan xodimga ega bo‘lishi;

maxsus axborot portaliga ulanish imkonini ta'minlovchi dasturiy texnik qurilmaga ega bo‘lishi.

Talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilot, maxsus axborot portalida e'lon qilinadigan ixtisoslashgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan ariza bilan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organga murojaat etishga haqli. Bunda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan murojaatlar 5 kalendar kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Davlat buyurtmachisining ixtisoslashgan tashkilotning salbiy faoliyati yuzasidan asosli yozma murojaati, shuningdek faoliyati talablarga javob bermay qolgan ixtisoslashgan tashkilot vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida e'lon qilinadigan ro‘yxatidan chiqariladi.

Ixtisoslashgan tashkilot:

davlat buyurtmachisidan xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazishni tashkillashtirish uchun zarur ma'lumotni olishga haqli;

davlat buyurtmachisi talabiga muvofiq istalgan bosqichda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishga majbur;

davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishi;

Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ so‘roviga ko‘ra mazkur Nizomga rioya etilishi yuzasidan ma'lumot taqdim etishi;

davlat xaridlarining prinsiplarining buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

insofsiz ishtirokchilarning davlat xaridlarida ishtirokini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi;

“Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonun talablari asosida xarid tartib-taomillarini tashkil etishi shart.

Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini aniqlaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

marketing va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazadi;

reklama ishlarini tashkil etadi;

xarid tartib-taomillar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomalarni, e'lon matnlarini va xarid hujjatlarini (tender yoki tanlov hujjatlari, texnik shartlar) rasmiylashtiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq xarid tartib-taomili shartlari va talablari, xarid tartib-taomili bo‘yicha tushuntirishlar matnlarini tayyorlaydi;

davlat buyurtmachisiga xarid tartib-taomili turlari bo‘yicha taklif beradi;

davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga ko‘ra qonun hujjatlariga asosan davlat xaridlari tartibi va muddatlari to‘g‘risida maxsus axborot portalga ma'lumot joylashtiradi;

xarid tartib-taomili ishtirokchilari g‘oliblari bilan imzolanadigan shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;

davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga asosan maxsus axborot portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi e'lonlarni moliya manbalari mavjud bo‘lgan holda joylashtiradi;

davlat buyurtmachisining yozma ko‘rsatmasiga binoan xarid tartib-taomili ishtirokchilariga takliflarning amal qilish muddatlarini aniq bir muddatga uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat etadi;

tanlov va tender komissiyasi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi;

xarid tartib-taomili yakunlari bo‘yicha hisobotlarni shakllantiradi;

xarid tartib-taomilida ishtirok etishga taklifnomalar yuborilishini ta'minlaydi;

xarid tartib-taomilini tashkil etishda ishtirok etadi.

Top