Hujjat prezidentning 2022 yil 8 fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom, xususan, quyidagilarni belgilaydi:
- davlat muassasasining huquqiy maqomi;
- davlat muassasasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
- davlat muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish tartibi;
- davlat muassasaci faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash tamoyillari;
- davlat muassasasi faoliyatini nazorat qilish tartibi.
Davlat muassasasi monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olingandan so‘ng tashkil etiladi.










