Xizmat safari muddati taşkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yöldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan köp bölmasligi lozim.

Montaj, işga tuşiriş-sozlaş, quriliş va qidiruv işlarini bajariş uçun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar xizmat safari muddati 12 oydan köp bölişi mumkin emas.

Taşkilotda xizmat safariga ketayotgan va qaytayotgan şaxslarni röyxatga oliş maxsus jurnallarda “ÖzASBO” dasturiy majmuasida (yoki buxgalteriya hisobini yurituvçi axborot tizimida) elektron yuritiladi.

Xodimga u yuborilgan taşkilotdagi iş vaqti rejimi va dam oliş vaqtlari taalluqli böladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam oliş kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.

Agar xodim dam oliş yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda işlagan bölsa, kompensatsiya tölanadi. 

Agar xodim xizmat majburiyatlarini bajariş uçun dam oliş kunida xizmat safariga yuborilsa, unga safardan qaytgaç boşqa dam oliş kuni beriladi.

Tabiiy-iqlim va maişiy şaroitlari oğir hududlarga yuborilgan xodimlarga öşa hudud uçun belgilangan qöşimça ustamalar ham tölab beriladi.

Xodimga turar joy bilan boğliq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga boriş hamda doimiy iş joyiga qaytiş yöl xarajatlari qoplanadi, şuningdek, kundalik xarajatlar uçun haq tölanadi.

Mehmonxona xarajatlari bir kunlik qoplaş miqdori tegişliça BHM 1,5 barobaridan 3 barobarigaça miqdordan oşmasligi lozim. 

Turar joyda yaşagani böyiça xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan hollarda har bir sutka uçun BHM 20 foizi miqdorida qoplanadi.  

Xizmat safarlari xarajatlari hisobini yuritiş böyiça dasturiy ta’minot va uning mobil ilovasi işlab çiqiladi.