Sport | 10:04 / 02.08.2015
1744
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Qosimjonov HZ Chess Tournament-2015 turnirida ishtirok etadi

Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov HZ Chess Tournament-2015 xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Musobaqa Niderlandiyaning Flissingen shahrida bo‘lib o‘tadi.
1-8 avgust kunlari amaliy fanlar universitetida o‘tkaziladigan turnirda 150 ishtirokchi qatnashadi, shulardan 12 nafari grossmeysterdir. O‘zbekistonlik sportchi reyting bo‘yicha (xalqaro koeffitsiyenti – 2 704) turnir favoriti hisoblanadi. Bundan tashqari, 2003 yili u ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan edi. 1995 yili ushbu musobaqada boshqa o‘zbekistonlik sportchi Aleksey Barsov g‘alaba qozongan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish