07:56 / 31.01.2019
27086

Bosh prokuratura: oliy ta'lim muassasasida talon-torojlik aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mirobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Uning davomida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining doimiy tanlov komissiyasi raisi T.Sh. institut yotoqxonalari uchun mebel jihozlarini sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida bir dona karavot uchun 915 000 so‘mdan yetkazib berish taklifi mavjud bo‘lsa-da, muqobil qimmatroq variantni ko‘rsatgan tadbirkorlik sub'yektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida 360 dona karavotlar haqiqiy bozor bahosidan 18 000 000 so‘mga qimmat narxda sotib olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.Sh.ga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan ayb e'lon qilindi, tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top