17:08 / 10.05.2021
79551

O‘zbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 13 may kuni nishonlanadi. 14-15 may kunlari ham ishlanmaydigan kunlar deb belgilandi. 16 may esa yakshanba.

Prezident qarorlari bilan, 2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi.

13 may (Ramazon hayiti), 14–15 may (qo‘shimcha dam olish kunlari) ishlanmaydigan kunlar sifatida belgilandi.

Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tkaziladi.

Qurbon hayiti munosabati bilan 20-22 iyul dam olish kunlari sifatida belgilandi. Bunda, 17 iyul va 24 iyul uchun dam olish kunlari ko‘chiriladi.

Shuningdek, 31 dekabr ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Mavzuga oid
Top