09:56 / 30.09.2016
4714

AQShda poyezdning falokatga uchrashi oqibatida yuzdan ko‘proq odam jarohat oldi

AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Xoboken shahrida temir yo‘l stansiyasida poyezdning falokatga uchrashi oqibatida yuzdan ko‘proq odam jarohat oldi. Falokat oqibatida ko‘plab yo‘lovchilar vagonlar ichida qolib ketgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘plab jarohatlanganlar poyezd yo‘lovchilari va platformada poyezdning kelishini kutayotgan odamlar bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, poyezd noma'lum sabablarga ko‘ra stansiyaga yaqinlashish oldidan tezligini pasaytirmagan hamda deryali to‘liq tezlik bilan platformaga kelib urilgan hamda stansiya ustidagi soyabonni ushlab turuvchi temir tayanchlarga shikast yetkazgan. 

PATH Train temir yo‘l operatori tvitterda falokat yuz berganini tasdiqladi. Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda stansiya ishi to‘xtatilgan.

CNBC ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu holat qasddan qilingani va terakt bo‘lganining hech qanday alomati yo‘q. Ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan. 

Falokat yuz bergan stansiya har kuni 50 mingga yaqin yo‘lovchini qabul qiladi. Stantsiya Manxettenda ishlovchi Nyu-Jyersi va boshqa shaharlar aholisi tomonidan foydalaniladigan eng yirik transport xablaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top